O’zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi Yo’l harakat xavfsizligi bosh boshqarmasining 24/8-13/140-sonli xatida Qumqo’rg’on tuman 2-son kasb-hunar maktabida Avtomobil shassisisiga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash, Avtomobil dvigatellarini tashxislash va ta’mirlash, Avtomobil elektr va elektr jihozlariga xizmat ko’rsatish kasblarida tahsil olayotgan o’quvchilarga ,,BC” toifadagi transport vositalari haydovchilarini tayyorlashga ruxsat etildi. ,,BC” toifadagi haydovchilik guvohnomasi beriladi. Qumqo’rg’on tumani 2-sonli kasb-hunar maktabida yakuniy baholari ,, a’lo ’’ va ,, yaxshi ’’ bo’lgan o’quvchilar doimiy rag’batlantirilib boriladi. Qumqo’rg’on tumani 2-sonli kasb-hunar maktabida 5ta yo’nalish bo’yicha kasb va mutaxassisliklar tayyorlanadi.
Kunduzgi ta’lim.

1. Avtomobil shassisiga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash.


“BC” toifadagi transport haydovchisi
2. Avtomobil dvigatellarini tashxislash va ta’mirlash.


3. Avtomobil elektr va elektr jihozlariga xizmat ko’rsatish.


4. Tikuvchi.


5. Elektromantyor.

Dual ta’lim.
1. Avtomobil dvigatellarini tashxislash va ta’mirlash. (“BC” toifadagi transport vositalari haydovchilik guvohnomasi)
2. Payvandlovchi (elektrgazpayvandlash ishlari)
Eslatma: O’qish muddati 2 yil bo’lib. O’qishni muvofaqqiyatli tamomlagandan so’ng Davlat namunasidagi Diplom va uning ilovasi beriladi. Oliy o’quv yurtida o’qishni davom ettirish uchun, Oliy o’quv yurtiga kirishda kerak bo’ladigan barcha fanlardan repititor xizmatidan foydalanish mumkin. Barcha fanlardan o’quvchilar uchun to’garaklar va mutaxassisliklari bo’yicha master klasslar o’tkazilib boriladi. Uzoqdan kelgan o’quvchilar barcha sharoitlarga ega bo’lgan yotoqxona bilan ta’minlanadi.