





Joriy yilning 13 -15-aprel kunlari Jizzax shahrida Akademik lisey va professional muassasalari o’quvchi-yoshlari o’rtasida “Barkamol avlod” sport o’yinlarining Respublika bosqichi bo’lib o’tmoqda.
Ushbu musobaqalarda Surxondaryolik yoshlar ham munosib ishtirok etmoqdalar. Jumladan, sportning Engil atletika turi bo’yicha o’g’il bolalar o’rtasida o’tkazilgan musobaqaning final bosqichida Qumqo’rg’on tumani 2-son kasb hunar maktabi o’quvchisi Safarov Fazliddin Ulug’bek o’g’li ishtirok etib, 2-darajali diplom bilan taqdirlandi.