Ochiq eshiklar kuni.

Surxondaryo viloyati Qumqo’rg’on tumani 2- son kasb -hunar maktabida
«Ochiq eshiklar» kuniga bag’ishlangan Kelajaging poydevori shiori ostida katta tadbir bo’lib o’tdi.
Tadbirda tumandagi jami 82 ta maktab bo’lib shundan 9-sinf bitiruvchilari jami 1600-1650 ta o’quvchilar faol ishtirok etdilar.
Tadbirda kasb -hunar maktabi faoliyati va yutuqlari o’qituvchilar tomonidan kelgan mehmonlarga tanishitirib o’tildi.
Jumladan: O’quv audotoriya xonalari, o’quv ustaxonalari, ARM, avtotrinajyor xonalar, o’quv ustaxonalar, yotoqxona va kasb -hunar maktabida barcha shart -sharoitlar tashrif buyurgan o’quvchilarga kasb -hunar maktabi o’qituvchilar tomonidan a’lo darajada yetkazildi.
Tadbir so’nggida mehmonlarda kelajakdagi orzu qilib yurgan kasbini egallashga keng yo’l ochilganiga guvoh bo’ldik. Kasb -hunar maktabi o’quvchilari tomonidan mehmonlarning kayfiyatiga yanada ko’tarinki kayfiyat ulashish maqsadida badiiy chiqishlar ham namoyish etildi.