Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil  17-avgustdagi  396-son qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida 2024 yil 1-mavsumda “Tashabbusli byudjet” loyihasida ishtirok etib. loyihada gʻolibiga aylanib hamda 6 dona Damas avtomashinasini yutib oldi va kasb-hunar maktabimizga olib kelindi.

Tadbirda Surxondaryo viloyat Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshligʻi SH.X. Kichkilov,Qumqo’rg’on tuman hokimi A.M.Normamatovlar so’zga chiqib kasb-hunar maktabi jamoasini “Tashabbusli byudjet” loyihasi tomonidan olingan 6 dona Damas mashinasi olganligi bilan chin yurakdan tabriklab kelgusi ishlarida ulkan yutuqlar tiladi.

 Shu munosabat bilan Kasb-hunar maktabi direktori tashabbusli bilan tumandagi uyushmagan yoshlar va tumanda faoliyat koʻrsatayotgan sport toʻgaraklari uchun stol tennis, shaxmat-shashka va voleybol musobaqasi tashkil etildi.

Shuningdek,Tadbirda kasb-hunar maktabi 01-22 guruh o’quvchisi Safarov Fazliddin Jizzax viloyatida o’tkazilgan “Barkamol avlod” sport musobaqasida faxirli 2-orinni egallaganligi munosabati bilan Surxondaryo viloyat Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasining qimmatbaho sovg’asi bilan taqdirlandi.