KONSTITUTSIYA VA QONUNLARGA SADOQAT — YUKSAK HUQUQIY MADANIYAT BELGISI

🏫 Qumqoʻrgʻon tuman 2-son texnikumida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-apreldagi 202-son qarori bilan tasdiqlangan 2026–2027-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining 10-bandi ijrosi yuzasidan “Konstitutsiya va qonunlarga sadoqat ruhini shakllantirish” mavzusida ochiq dars tashkil etildi.
📚 Ochiq darsni texnikum tarix fani o‘qituvchisi S.Aliqulov. olib bordi.
🇺🇿 Dars davomida o‘quvchilarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati, qonun ustuvorligi, fuqarolarning huquq va majburiyatlari, qonunlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish hamda jamiyat hayotida huquqiy madaniyatning ahamiyati haqida tushunchalar berildi.
💬 Mashg‘ulot jarayonida o‘quvchilar mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.