Bitiruvchilar Diqqatiga:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 836-sonli qaror bo‘yicha imtihon tartibi.

2024-yil 13-dekabr kuni Vazirlar Mahkamasining 836-sonli qarori qabul qilindi. Ushbu qaror 2025-yildan boshlab kasb-hunar (politexnikum) bitiruvchilari uchun yakuniy attestatsiya – ya’ni, bitiruv imtihonlarini o‘tkazish tartibini belgilaydi. Quyida eng muhim o‘zgarishlar bilan tanishing:


1. Imtihonlar qanday o‘tkaziladi?

✅ Nazariy test imtihonlari:

  • Fanlar: O‘zbekiston tarixi va maxsus (umumkasbiy) fanlar.

  • Shakli: Kompyuterda test shaklida.

  • Savollar soni: 72 ta.

  • Vaqt: 120 daqiqa (2 soat).

  • Baholash mezoni:

    • 100% – 90%: “5” (a’lo)

    • 89.9% – 70%: “4” (yahshi)

    • 69.9% – 60%: “3” (qoniqarli)

    • 59.9% – 0%: “2” (qoniqarsiz)


2. Amaliy imtihon qanday bo‘ladi?

✅ Kasbiy-amaliy imtihon:

  • O‘tkazilish joyi: Ish beruvchi (hamkor) korxona.

  • Shakli: Talaba amaliy ish bajaradi – ya’ni, haqiqiy ish muhitida o‘z kasbiga doir topshiriqni bajaradi.

  • Bu orqali sizning amaliy tayyorgarligingiz baholanadi.


Xulosa:

836-sonli qaror orqali bitiruvchilarning bilimidan tashqari amaliy ko‘nikmalari ham baholanadi. Shu sababli nafaqat testlarga, balki kasbiy-amaliy tayyorgarlikka ham jiddiy yondoshuv talab etiladi.

2024-2025 o‘quv yili yakuni bo'yicha DAK imtihonlar grafigi