Qumqoʻrgʻon tuman 2-son texnikumida diplom topshirish marosimi yuqori saviyada tashkil etildi
Qumqoʻrgʻon tuman 2-son texnikumida 2025–2026-o‘quv yilini muvaffaqiyatli yakunlagan bitiruvchilarga diplomlarni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda texnikum rahbariyati, pedagog-xodimlar, ota-onalar hamda bitiruvchilar ishtirok etib, yoshlarni ushbu quvonchli kun bilan samimiy muborakbod etdilar. So‘zga chiqqanlar bitiruvchilarning kelgusidagi ta'lim va mehnat faoliyatida ulkan yutuqlarga erishishlariga ishonch bildirib, ularga doimo izlanish, kasbiy mahoratini oshirish hamda Vatan ravnaqi yo‘lida sidqidildan xizmat qilishni tiladilar.
Marosim davomida bitiruvchilarga diplomlar tantanali ravishda topshirildi. Ushbu diplomlar ularning egallagan kasbi va mehnati samarasi bo‘lib, kelajakdagi muvaffaqiyatlari uchun mustahkam poydevor vazifasini o‘taydi.
Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tib, bitiruvchilarning quvonchli lahzalari, ustozlarga bildirilgan minnatdorchilik so'zlari bilan yakunlandi.






