Bitiruvchilar Diqqatiga:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 836-sonli qaror bo‘yicha imtihon tartibi.
2024-yil 13-dekabr kuni Vazirlar Mahkamasining 836-sonli qarori qabul qilindi. Ushbu qaror 2025-yildan boshlab kasb-hunar (politexnikum) bitiruvchilari uchun yakuniy attestatsiya – ya’ni, bitiruv imtihonlarini o‘tkazish tartibini belgilaydi. Quyida eng muhim o‘zgarishlar bilan tanishing:
1. Imtihonlar qanday o‘tkaziladi?
✅ Nazariy test imtihonlari:
-
Fanlar: O‘zbekiston tarixi va maxsus (umumkasbiy) fanlar.
-
Shakli: Kompyuterda test shaklida.
-
Savollar soni: 72 ta.
-
Vaqt: 120 daqiqa (2 soat).
-
Baholash mezoni:
-
100% – 90%: “5” (a’lo)
-
89.9% – 70%: “4” (yahshi)
-
69.9% – 60%: “3” (qoniqarli)
-
59.9% – 0%: “2” (qoniqarsiz)
-
2. Amaliy imtihon qanday bo‘ladi?
✅ Kasbiy-amaliy imtihon:
-
O‘tkazilish joyi: Ish beruvchi (hamkor) korxona.
-
Shakli: Talaba amaliy ish bajaradi – ya’ni, haqiqiy ish muhitida o‘z kasbiga doir topshiriqni bajaradi.
-
Bu orqali sizning amaliy tayyorgarligingiz baholanadi.
Xulosa:
836-sonli qaror orqali bitiruvchilarning bilimidan tashqari amaliy ko‘nikmalari ham baholanadi. Shu sababli nafaqat testlarga, balki kasbiy-amaliy tayyorgarlikka ham jiddiy yondoshuv talab etiladi.
2024-2025 o‘quv yili yakuni bo'yicha DAK imtihonlar grafigi