Yig’lishda Qumqo’rg’on tuman 2-son kasb–hunar maktabi o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari R.Nurmatov so’zga chiqib, kasb-hunar maktabida yoshlarni kasbga bo’lgan qiziqishini orttirish, ta’lim jarayoni bilan amaliyot uyg’unligini ta’minlash, o’quvchilarda kasbiy ko’nikmalarini rivojlantirishni inobatga olgan holda ta’lim jarayonini yuqori saviyada va samarali tashkil etish  hamda o’qituvchi va ishlab chiqarish ta’lim ustalari tomonidan o’tilayotgan darslarni bugungi kunda salbiy oqibatlarga olib kelayotgan korrupsiya haqida umumiy tushunchalarni berish har bir guruh rahbari zimmasiga kuylatilishi kerakligi va albatta o’quvchi ongini bunyoskor g’oyalar bilan shakllantirish lozimligi aytib o’tildi.
Shundan so’ng  Ona tili va adabiyot   fani o’qituvchisi  Raxmatova Gavhar so’zga chiqib  jami 18 ta guruhdan to’liq insholar olingani va har bir guruhda g’olib o’quvchilarining insholari bilan tanishtirib o’tdi.Kasb –hunar maktabida barcha guruhlar o’rtasidagi mutloq g’olib 3ta o’rin e’lon qilindi. 1- o’rin 08/23 guruh o’quvchisi Normamatova Mohira     2- o’rin Donyorova Kamola  3- o’rin  08/23 guruh o’quvchisi Mustafaqulova Farzona  guruh o’quvchilari g’olib deb e’lon qilindi.
Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Raxmatova Gavhar tomonidan korrupsiya mavzusidagi insholar o’quvchilar tomonidan to’laqonli yoritib berilgani aytib o’tildi.