Tumandagi 23-umumta'lim maktabi kasbga targ'ibot tadbiri.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida » 2019-yil 6-sentabrdagi PF-5812-sonli Farmoni ijrosini ta’milash maqsadida Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirining hamda Xalq ta’limi Vazirligi 2020- yil 25- maydagi 87-01-401-sonli va 01-04/2-449- sonli xatga asosan. Qumqo’rg’on tuman 2-son kasb -hunar maktabi ishlab chiqarish ta’lim ustalari va o’qituvchilari tomonidan tumandagi maktablarga tashrif buyurib 9-sinf bitiruvchilarga kerakli kasb mutaxassislari bo’yicha amaliy targ’ibot tashkil etildi.Targ’ibotda barcha o’quvchilar faol ishtirok etdi va o’zlarining tanlamoqchi bo’lgan kasblari to’g’risida qiziqtirgan savollarga yetarlicha javob oldilar. Bu jarayonga o’quvchi yoshlarning ota-onalari ham ishtirok etdib kasb-hunar maktabi o’qituvchilari tomonidan ota-onalariga tanlamoqchi bo’lgan kasbining afzalliklari haqida yetarli maʼlumot berildi.











